Pochettino Messini nega yana zaxiraga olganini tushuntirdi

Eldor Akmurzayev
30 okt 2021, 07:45
Fransiya chempionati 12-turida PSJ o'z maydonida “Lill”ni qabul qilib, 2:1 hisobida g'alabaga erishdi.

Bahsni asosiy tarkibda boshlagan Lionel Messi 2-taym boshida zaxiraga olindi va uning o'rniga maydonga Mauro Ikardi tushdi.

“Hozir biroz kutishimiz kerak. Tanaffus vaqtida shifokorlar bilan gaplashdik. U ehtiyot chorasi sifatida maydonni tark etdi. U o'yinni davom ettira olmadi.

Umid qilamizki, jarohat jiddiy emas va u keyingi o'yinga tayyor bo'ladi”, deydi parijliklar ustozi Maurisio Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif