Pochettino: "Messi sabrli inson. U qiyinchiliklarni qanday engib o'tishni biladi"

Sherzod Nurmatov
21 noya 2021, 20:42
PSJ bosh murabbiyi Fransiya chempionati 14-tkri doirasidagi "Nant" bilan o'yindan so'ng (3:1) o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

Argentinalik Maurisio Pochettino vatandoshi Lionel Messi shu paytgacha Liga 1 da gol urolmay kelayotganidan xavotirlanmaganini bildirdi.

"Jamoa xarakter ko'rsatdi va yaxshi o'yin namoyish qildi. Birinchi taymda zo'r o'ynadik.

Messi-Neymar-Mbappening triosining o'yinida o'sish bor? Ta'kidlab kelganimdek, biz doimo ularni o'z ustida ishlashga undaymiz va bog'liqlik hosil qilishga intilamiz.

Messi?  U chempionatda gol urmaganidan xavotirda emasdim. U buyuk chempion, jahonning eng kuchli futbolchisi. U sabrli inson va qiyinchiliklarni qanday engib o'tishni biladi. Yaxshi hamki, Leo gol urdi", – dedi Pochettino.

Messi "Nant" darvozasiga to'p kiritib, Fransiya chempionatidagi dastlabki golini urishga erishdi. Bu gol hujumchining Liga 1 dagi beshinchi o'yiniga to'g'ri keldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: AFP