Pochettino Messi PSJda qachon debyut qilishi mumkinligini aytdi

Sherzod Nurmatov
21 avg 2021, 19:35
PSJ ustozi Maurisio Pochettino jamoa yangi a'zosi Lionel Messining maydonga tushishga qanchalik tayyor ekanligiga oydinlik kiritdi.

"Messi yaxshi shug'ullandi. Agar hammasi yaxshi bo'lsa, u keyingi haftada odatiy darajasiga chiqadi", – dedi Pochettino.

PSJ 29 avgust kuni mehmonda "Reyms" bilan o'ynaydi. Argentinalik aynan ushbu bahsda debyut qilishi kutilmoqda.

34 yoshli Messi Parij klubi bilan erkin agent sifatida "2+1" sxemali shartnoma tuzgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Ole