Pochettino futbol tarixidagi eng kuchli murabbiyni aytdi

Mirjalol Normatov
12 yanv 2019, 13:29
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino futbol tarixidagi eng kuchli murabbiyni aytdi.

"Ser Aleks Fergyuson haqidagi fikrlarimni yashirib o'tirmayman. Men ishidan lazzatlangan kam sonli insonlardan biri. Biz bir-birimizni doimo qo'llab-quvvatlaymiz. Fergyusonni dunyodagi, futbol tarixidagi eng kuchli murabbiy deb bilaman. U - tirik enciklopediya", - dedi Pochettino.

Ser Aleks Fergyuson 1986-2013 yillar davomida "Manchester Yunayted"da ishlab, jamoa bilan 38ta sovringa ega chiqqan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports