Pochettino "Chelsi" bilan 3 yillik shartnoma imzoladi

Mirjalol Normatov
28 may 2023, 17:32
PSJning sobiq ustozi Maurisio Pochettino "Chelsi" bilan shartnoma imzoladi.

Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, shartnoma 2026 yilgacha mo'ljallangan. U kelasi haftada ishga kirishadi.

Murabbiyning so'nggi ish joyi PSJ bo'lgan va 2022 yilning yozida u yerdan ishdan ketgandi. Bunga qadar u "Tottenxem"ni 5 yil boshqargandi.

Yakunlanayotan mavsumda "Chelsi" 43 ochko to'plagan holda APL turnir jadvalining 12-pog'onasida qayd etilmoqda. Bugun jamoa mavsumning so'nggi turida "Nyukasl"ni qabul qiladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano