Pochettino: “Bugun “Tottenxem” chempionlik uchun kurasha olmasligini ko'rsatdi”

Aslanov Jasurbek
12 fev 2017, 02:04
“Tottenxem” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino “Liverpul”dan (0:2) uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.

“Livperpul” bizdan yaxshiroq o'ynadi va g'alabaga to'la haqli edi. Biz o'yin boshida juda ko'p xatoga yo'l qo'ydik. Buni tushunish qiyin: birinchi bo'limdagi o'yinimizdan hafsalam pir bo'ldi. Ikkinchi bo'limda “Liverpul” bilan tengma-teng o'ynadik, ammo kech bo'lgandi. Butun jamoa yomon o'ynadi. Biz hozir o'zimizga mos bo'lgan pog'onadamiz. Agar bugungidek o'yin ko'rsatadigan bo'lsak, APL g'olibligi uchun kurasha olmaymiz. Birinchi qirq besh daqiqalikda ko'rindiki, jamoam chempionlik uchun kurashishga tayyor emas.

Turnir jadvalida ulardan bir ochkolik farq bilan teparoqdamiz. Ammo bugun buni isbotlay olmadik.

Ochig'ini aytishim kerak, agar biz eng yuqori o'rin uchun kurash olib borar ekanmiz, birinchi taymdagi singari o'ynamasligimiz kerak. Biz yaxshiroq o'yin ko'rsatib, kuchli oltilikka kirish uchun kurash olib boramiz”, deydi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ВВС