Pochettino: "Bu adolatsizlik"

Aslanov Jasurbek
27 apr 2019, 10:10
"Tottenxem" bosh murabbiyi Maurisio Pochettinoning fikricha, Chempionlar ligasi yarim final bahslaridan oldin uning jamoasi "Ayaks"dan kamroq dam olishi tufayli jamoalar teng vaziyatda emas.

"Bu qiyin. Shunga o'xshash vaziyatlarda hammaning o'z fikri bo'lishi mumkin. Angliya Premer-ligasi va Angliya futbol assotsiatsiyasi yordam berishga uringanini bilaman. APL Gollandiya chempionatidan farq qilishi haqiqat, ammo ular ko'proq dam olishi adolatsizlik" - deydi Pochettino.

"Tottenxem" hamda "Ayaks" o'rtasidagi CHL o'yinlari 30 aprel va 8 may kunlari bo'lib o'tadi. London klubi Premer-ligada 27, 4 va 12 may kunlari bahs o'tkazadi. Amstyerdamning chempionatdagi keyingi o'yini 12 mayda bo'lib o'tadi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal