Pochettino: "Birinchi raqamli bo'lish juda ko'p muammolarni keltirib chiqaradi"

Mirjalol Normatov
13 noya 2022, 15:15
Maurisio Pochettino PSJ boshqaruvidagi muammolar haqida gapirdi.

- Bu tajriba menga kerak edi - yulduzlar bilan ishlash, rahbariyat bilan muloqot. Qiyin holatda bo'ldim, bu ham o'ziga xos chaqiruv. Katta klubda ishlayotgandek o'zimni tutishga harakat qildim. 

- Bunchalik ko'p yulduzlar bilan ishlash qanchalik muammo keltirib chiqardi?

- Doimo vaziyatga moslashish kerak, chunki jamoada buyuklik yuqori darajada. Messi "Barselona" uchun yoki Krishtianu "Real" uchun degani emas. Ammo qayerda bo'lsa ham futbolchi birinchi raqamli bo'lishni istasa ko'plab muammolarga duch keladi.

Maydonda barcha 11 futbolchi bir o'yin uchun o'ynaydi. Penalti belgilandimi, uni kim tepadi? Buni murabbiy aniqlashi kerak.

- Bu tarkib bilan qay tariqa shug'ullanish kerak?

- Ko'rsatmalar berish shart emas, buning o'zi yo'q. Masalan, Navas va Donnarumma. Bir nuqta uchun ikki nafar birinchi raqam. Hozir esa bu sal osonroq bo'ldi. Raqobat deb barchani olib kelish kerak emas. Chunki futbolchiga nimadir bera olish lozim. Barchaga har xil muomalada bo'lish kerak. Ko'p narsa uning natijalariga, oilaviy sharoitiga bog'liq.

Odamlar esa natijaga qarab o'rganib qolishgan, bu esa eng qiyini. Biz esa buning mas'uliyatini bo'ynimizga olganmiz. PSJning ushbu mavsumda barqaror o'ynayotganiga bizning ham turtkilarimiz sabab bo'lgan, - dedi Pochettino.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Relevo