Plyaj futboli terma jamoasi Osiyo chempionatidan oldin Dubayda yig'in o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
25 fev 2015, 11:44
Plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi mart oyida BAA va Qatar mamlakatlarida 2 ta o'quv-mashg'ulot yig'inlarini o'tkazadi.
Bosh murabbiy Ahad Yusupov plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rish maqsadida 14-21 mart kunlari BAAning Dubay shahrida yig'inga kiradi. Mazkur yig'in doirasida mahalliy jamoalar bilan 3 ta nazorat uchrashuvini o'tkazish rejalashtirilgan.

Yig'inni tugatib, terma jamoa delegaciyasi 22 mart kuni Qatar poytaxti Doha shahriga yo'l oladi.

Doha 23-28 mart kunlari bo'lib o'tadigan plyaj futboli bo'yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Mintaqaning 15 ta eng yaxshi jamoasi Osiyo chempionatida ishtirok etish orqali shu yili 9-19 iyul kunlari Portugaliyada bo'lib o'tadigan plyaj futboli bo'yicha Jahon chempionatiga ajratilgan 3 ta yo'llanma uchun kurashadi.

O'zbekiston terma jamoasi Dohadagi Osiyo chempionatida avval xabar berib o'tganimizdek, C guruhida BAA, Falastin hamda Iroq terma jamoalari bellashadi; musobaqaning 1-turida, yani 23 mart kuni Falastin, 2-turda (24 mart) BAA, 3-turda (25 mart) Iroqqa qarshi o'ynaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com