Plyaj futboli: O'zbekiston Osiyo O'yinlari 2-turida Bahraynni mag'lub etdi

Aslanov Jasurbek
17 noya 2014, 13:28
Plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Osiyo O'yinlari 2-turida Bahrayn terma jamoasini 4:3 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

15 noyabr kuni Tailandning Pxuket shahrida plyaj sport turlari bo'yicha Osiyo O'yinlariga start berildi. Osiyo O'yinlarining plyaj futboli musobaqasida ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi S guruhi 2-tur o'yinida Bahrayn terma jamoasiga qarshi bahs olib bordi va gollarga boy bo'lgan uchrashuvda 4:3 hisobida g'alaba qozondi. O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Toxir Abdurazzoqov uchrashuvda dublga erishgan bo'lsa, yana bir golga Jamoliddin Sharipov mualliflik qildi. O'zbekiston terma jamoasining yana bir goli Bahraynlik futbolchiga avtogol sifatida yozildi.

Eslatib o'tamiz, O'zbekiston terma jamoasi guruhdagi 1-tur o'yinida 15 noyabr kuni Xitoy terma jamoasiga 0:2 hisobida mag'lubiyatga uchragan edi.

Ahad Yusupov bosh murabbiyligidagi plyaj futboli bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi chorak finald D guruhi jamoalaridan biriga qarshi bahs olib boradi. Ma'lumot o'rnida D guruhida Yaponiya, BAA va Malayziya terma jamoalari bahs olib borishmoqda.

Osiyo O'yinlari. Plyaj futboli. Erkaklar. C guruhi. 2-tur.
O'zbekiston - Bahrayn 4:3
Gollar: Al Dosari (26 avtogol), Tohir Adburazzoqov (32, 33), Jamoliddin Sharipov (36) - Al Dosari (3), Al Abdulla (22), Al Mugavi (35)


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: the-uff.com