
Plyaj futboli bo'yicha FIFA referisi Baxtiyor Namozov Taitida davom etayotgan plyaj futboli bo'yicha jahon chempionati bahslarida ishlamoqda.
O'zbekistonlik referi ayni damgacha jahon chempionati bahslarida 6ta uchrashuvni boshqarishga ulgurdi. Jumladan, Baxtiyor Namozov ikkita o'yinda bosh hakam vazifasini bajargan bo'lsa, yana ikkita uchrashuvda zahira hakami sifatida ishlagan. Namozov, shuningdek ikkita o'yinda uchrashuv vaqtini belgilab turuvchi hakam (taymkiper) vazifasini bajargan.
Takidlash joiz, Baxtiyor Namozov, O'zbekiston vakillari orasida plyaj futboli bo'yicha yagona FIFA hakami sanaladi.
Ayni damda, Taitida bo'lib o'tayotgan plyaj futboli bo'yicha jahon chempionati bahslarida barcha yarim final ishtirokchilari aniqlandi. 28 sentyabr kuni yarim final uchrashuvlari bo'lib o'tadi va unda Rossiya Taiti bilan Braziliya esa Ispaniya terma jamoasi bilan kuch sinashadi.
Taitida bo'lib o'tayotgan jahon chempionati bahslarida Baxtiyor Namozov boshqargan o'yinlar:
18 sentyabr
Paragvay – Kot d`Ivuar 10:6
Bosh hakam: Baxtiyor Namozov
20 sentyabr
Ukraina – Braziliya 2:4
Taymkiper: Baxtiyor Namozov
21 sentyabr
Solomon orollari – Argentina 5:8
Zahira hakami: Baxtiyor Namazov
22 sentyabr
Eron – Ukraina 2:3
Taymkiper: Baxtiyor Namozov
23 sentyabr
Taiti – Ispaniya 2:4
Bosh hakam: Baxtiyor Namazov
Chorak final
25 sentyabr
Rossiya – Eron 6:5
Zahira hakami: Baxtiyor Namozov