Piter Krauch yana Xarri Rednapp jamoasiga qaytishi mumkin

Tolibjon Qosimov
24 yanv 2014, 15:45
“Stok Siti” futbolchisi Piter Krauch Chempionship-ligasiga qaytishi mumkin.

The Mirror bergan xabariga ko'ra, 32 yoshli o'yinchiga “KPR” klubi bosh murabbiyi Xarri Rednappning shaxsan o'zi qiziqayapti. Jamoa uning yordamida premer-ligaga qaytishni rejalashtirgan.

Ta'kidlab o'tish kerak, Krauch avval ham Rednapp qo'l ostida “Sautgempton”, “Portsmut” va “Tottenxem”da to'p surgan.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net