Pishur to'purarlik borasida Trifunovichdan o'tib ketdi

Narzulla Saydullayev
10 okt 2013, 18:28
Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubi safida har mavsum goleodor hujumchilar to'p tepishgan.

Joriy mavsumda “qaldirg'ochlar”ning ukrainalik hujumchisi Oleksandr Pishur o'zining to'purarlik qobiliyatini namoyish qilib, bu borada chempionat yetakchilaridan biri bo'lib turibdi. U “Bunyodkor” safida Osiyo Chempionlar ligasi, O'zbekiston chempionati va kubogi uchrashuvlarini qo'shib hisoblaganda jami 33ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblari darvozasiga 24ta gol urishni uddaladi. Foiz ko'rsatkichi bo'yicha hisoblaganda u maydonga tushgan o'yinlarining 73%ini golsiz o'tkazmagan.

Oleksandr Pishurning “Bunyodkor” safidagi umumiy gollari soni 24taga etganini aytib o'tdik. Bu ko'rsatkich bilan u ikki mavsum oldin “qaldirg'ochlar” sharafini himoya qilgan Milosh Trifunovichni ortda qoldirdi. O'shanda serbiyalik hujumchi 36ta o'yinda 22ta gol urishni uddalagan edi.

Foizlar ko'rsatkichi borasida Stevica Ristichga etadigani yo'q. U o'zi ishtirok etgan 75% uchrashuvlarda raqib darvozabonlarini hafa qilgan. Yani, makedoniyalik hujumchi 24 uchrashuvda 18ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

“Bunyodkor” jamoasining umumiy to'purarlari ro'yhatini Anvarjon Soliev 65ta goli bilan boshqarib bormoqda. U shuncha golni 158ta o'yinda kiritgan.

“Bunyodkor” to'purarlari

#

Futbolchi

Mamlakati

O'yin

Gol

Foiz

1

Anvarjon Soliev

O'zbekiston

158

65

41%

2

Rivaldo

Braziliya

80

43

54%

3

Server Jeparov

O'zbekiston

104

38

37%

4

Viktor Karpenko

O'zbekiston

202

38

19%

5

Shavkat Salomov

O'zbekiston

160

30

19%

6

Xose-Luis Vilyanueva

Chili

47

27

57%

7

Oleksandr Pishur

Ukraina

33

24

73%

8

Milosh Trifunovich

Serbiya

36

22

61%

9

Stevica Ristich

Makedoniya

24

18

75%

10

Timur Kapadze

O'zbekiston

106

17

16%

11

Jasur Hasanov

O'zbekiston

186

17

9%


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcbunyodkor.com