Pisarro: "Men uchun A Seriya tugagan"

Mirjalol Normatov
5 apr 2020, 15:40
"Roma"ning sobiq futbolchisi David Pisarro Italiya chempionatining davom ettirilishi borasidagi savolga javob berdi.

"Men uchun A Seriya tugagan. Chempionatni davom ettirishdan mano ko'rmayapman. Bu nimaga kerak o'zi? Odamlarni qo'rqitish uchunmi? Skudettoni odamlarni davolayotgan shifokorlarga taqdim qilish kerak. Ular bizni qutqarish uchun o'z jonini xatarga qo'yishyapti", - dedi Pisarro.

Bugungi holatga ko'ra, Italiya - koronavirusga chalinganlar soni bo'yicha 3-o'rinda. Davlatda 124 mingdan oshiq inson kasallikka chalingan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere dello Sport