Pirs Morgan: "Chelsi"ga yana mlrd funt kerak"

Mirjalol Normatov
3 sen 2023
Jurnalist Pirs Morgan APL 4-turida "Nottingem Forest"dan uchralgan mag'lubiyatdan keyin "Chelsi"ning ustidan kuldi.

"Chelsi" muxlislari, xavotir olmanglar. Boshsiz tovuqlarga o'xshab, qaerga yugurishni bilmaydigan 30 futbolchini sotib olish uchun Sizlarga yana mlrd funt kerak", - deb yozadi Morgan.

"Chelsi" so'nggi 18 rasmiy o'yinida faqatgina 2 marta g'alabaga erishdi. Ayni damda jamoa APL turnir jadvalining 11-pog'onasida bormoqda. Klub yozgi transferlar oynasi vaqtida 464 mln evro sarfladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal