Pirs Morgan: "Bu nimasi? Rays oyog'idan zarba qabul qilib olgani uchun chetlatildimi?"

Aslanov Jasurbek
31 avg 2024, 18:51
Pirs Morgan Deklan Rays chetlatilganidan hayron bo'ldi.

"Arsenal" yarim himoyachisi raqib jarima zarbasidan avval to'pni chetga tepib yuborgani uchun ikkinchi sariq kartochkasini oldi. O'sha vaziyatning davomida Yoel Veltman Raysning oyog'iga zarba berdi.

"Bu nimasi? Deklan Rays oyog'idan zarba qabul qilib olgani uchun chetlatildimi? Men ko'rgan eng yomon qaror.

Bu futbol tarixidagi qizil kartochka ko'rsatilgan eng yomon vaziyat" - deb yozdi teleboshlovchi va "Arsenal" muxlisi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: https://x.com/piersmorgan