Pirlo: "Yuventus" Chempionlar ligasining boshqa favoritlaridan kuchliroq bo'lishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
26 mar 2017, 18:14
"Milan" va "Yuventus" sobiq yarim himoyachisi Andrea Pirlo "keksa sinora"ning Chempionlar ligasidagi imkoniyatlariga baho berdi.

Turinliklar 1/4 finalda "Barselona" bilan o'ynaydi.

"Yuventus" Chempionlar ligasi g'olibiga aylanishi mumkin. Ular boshqa yetakchilardan ustun bo'lmasa, kamida ular qatorida turibdi. Turinliklar taktik tayyor va finalga chiqib, g'alaba qozona olishadi" - deydi Pirlo.

"Yuventus" va "Barselona" o'rtasidagi ilk bahs 11 aprel kuni italiyaliklar maydonida, javob o'yini esa 19 aprel kuni Kataloniyada bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere dello Sport