Pirlo: "O'tish davri yakunlandi"

Mirjalol Normatov
21 noya 2020, 00:50
"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirloning aytishiga ko'ra, jamoadagi "o'tish" davri yakunlandi.

"Kalyari"ga qarshi o'yin ko'p narsani o'zgartirishi kerak. O'tish davri yakunlandi. Termalar o'yinlaridan keyingi ilk bahsimizni o'tkazamiz. Biroq biz rivojlanishni istaymiz.

Biz uchun mavsum endi boshlanmoqda, moslashish davri nihoyasiga etdi. Rodjestvoga qadar 10ta o'yin o'tkazamiz va ularning barchasi finalga teng bo'ladi.

Ertadan boshlab futbolchilarimda jangovarlik ruhini ko'rishni istayman. Natija uchun futbolchilar o'zlarini qurbon qilishlari lozim", - dedi Pirlo.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Italia