Pirlo Jiruning "Yuventus"ga o'tishini xohlashini tan oldi

Alisher
4 yanv 2021, 08:52
"Yuventus" bosh murabbiyi Andrea Pirlo qishki transferlar oynasida tarkibni kuchaytirish borasidagi savolga javob berdi.

"Transferlar oynasi 4 yanvarda ochiladi. Biz allaqachon klub bilan nima qilishni xohlashimiz va qanday imkoniyat borligi haqida gaplashdik. Umid qilamizki, tez orada ma'lum qadamlar tashlanadi.

"Chelsi"dan Jiru? U foydali bo'lardi", - deydi Pirlo.

Olive Jiru joriy mavsum APLda 9ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: DAZN