Pioli o'yinlardan keyin "Milan" futbolchilari bilan gaplashmayotganini tan oldi

Aslanov Jasurbek
29 okt 2021, 19:48
"Milan" bosh murabbiyi Stefano Pioli o'yinlardan keyin futbolchilar bilan muloqot qilmayapti.

"Futbolchilarga eng muhim gaplar o'yindan oldin aytiladi, uchrashuvdan keyin emas. Jamoada Zlatan Ibragimovich bo'lsa, kiyinish xonasiga kirmasam ham bo'ladi", - dedi Pioli tabassum bilan.

"O'yindan so'ng gapirgandan mani yo'q, shuning uchun men ertasi kuni futbolchilar bilan gaplashishni afzal ko'raman", - dedi milanliklar ustozi.

Eslatib o'tamiz, o'n turdan so'ng A Seriyada "Napoli" va "Milan" 28 ochkodan to'plashgan holda peshqadamlik qilmoqda. Uchinchi o'rinda esa ulardan etti ochko kam jamg'argan "Inter" bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: DAZN