Pikening klubiga "Manchester Yunayted" futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
25 avg 2022, 13:13
"Barselona" futbolchisi Jerar Pike egalik qiladigan "Andorra" klubi "Manchester Yunayted" futbolchisi Gannibal Mejbriga qiziqish bildirmoqda.

"L'Equipe" xabariga ko'ra, Andorra klubi futbolchini 35 million evroga sotib olish imkoniyati bilan 3 yilga ijaraga olmoqchi.

19 yoshli Mejbri 2019 yildan buyon "Manchester Yunayted" asosiy jamoasida. U 3 o'yinda asosiy jamoada harakat qildi. Mejbrining shartnomasi 2026 yil yoziga qadar davom etadi.

Tunis termasi tarkibida esa u 16 o'yinda qatnashishga ulgurdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L'Equipe