Pikening “Kamp Nou”ga velosipedda kelgani “Barselona” afsonasini g'azablantirdi

Eldor Akmurzayev
9 iyul 2020, 20:55
Ispaniya chempionatining 35-turi doirasida kataloniyaliklar “Espanol”ni qabul qilib, minimal hisobda (1:0) zafar quchdi.

“Ko'kanorranglilar” himoyachisi Jerar Pike mazkur bahsga velosipedda kelgandi. Uning bu harakati esa “Barsa”ning taniqli futbolchilaridan biri Lobo Karraskoni g'azablantirgan.

“Klubda bunday xatti-harakatga yo'l qo'ymagan bo'lardim. Pikening bu ishi jiddiy jarohatlarni keltirib chiqarishi mumkin. U professional bo'lib qolishi kerak”, deya qayd etgan Karrasko.


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: El Chiringuito