Alves "Kamp Nou" maysasidan nimaning hidi kelishini aytdi

Aslanov Jasurbek
17 noya 2021, 20:58
Dani Alves chorshanba kuni "Barselona" futbolchisi sifatida tanishtirildi.

Eslatib o'tamiz, 38 yoshli braziliyalik himoyachi klub bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladi. Hozircha Alves faqat mashg'ulot o'tkazadi va u futbolchilarni ro'yxatga olish davri ochib beriladigan 1 yanvardan boshlab maydonga tushishi mumkin.

"Kamp Nou"dagi taqdimot paytida Dani Alves maysazorning bir qismini yulib, uni hidlashga qaror qiladi.

"Bu "Kamp Nou"ning hidi! Undan unvonlar va sovrinlarning hidi keladi", - deya hazillashdi Alves.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: instagram.com/fcbarcelona