

"Ko'k-anorranglilar" matbuot xizmatining xabariga ko'ra, Pike tizzasidan jarohat olgan. Shu bilan birga jarohatning aniq tafsiloti tibbiy ko'rikdan so'ng ma'lum bo'ladi.
Pike jarohati sabab 4 oydan 6 oygacha maydonga tusha olmasligi mumkin.
Buyog'iga "Barselona"dan rasmiy ma'lumotni kutish qoldi. Kataloniyaliklar odatda hisobotlarda o'yinchilarning taxminiy tiklanish sanasini ham ko'rsatadilar.




