Pike va Shakira 12 yillik munosabatlardan so'ng ajrashishlarini e'lon qilishdi

Alisher
4 iyun 2022, 16:09
Jerar Pike va Shakira ajrashishlari haqida e'lon qilishdi.

Juftlik bu yangilikni qo'shma bayonotda rasman e'lon qilishdi.

"Afsus bilan xabar qilamizki, bizning yo'llarimiz endi ayro.

Biz uchun eng asosiysi hisoblangan bolalarimiz farovonligi uchun shaxsiy hayotga hurmat saqlashni so'rab qolamiz. Tushunganingiz uchun rahmat", - deyiladi bayonotda.

"Barselona" himoyachisi va qo'shiqchi deyarli 12 yildan beri birga edilar, ammo ular rasman turmush qurishmagan. Juftlikning ikki farzandlari bor – Milan (9 yosh) va Sasha (6 yosh).

Xabarlarga ko'ra, juftlik Pikening qo'shiqchiga xiyonat qilgani sabab ajrashishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: EFE