Pike faoliyatini yakunlaydi. Shanba kungi "Almeriya"ga qarshi bahs uning so'nggi o'yini bo'ladi

Administrator
4 noya 2022, 00:58
Futbolchi kutilmagan qaror qabul qildi.

"Barselona" klubi himoyachisi Jerar Piku futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi. Shanba kungi La Liga doirasidagi "Almeriya"ga qarshi bahs Pike uchun "Kamp Nou"dagi so'nggi o'yin bo'ladi. Shu o'yindan so'ng futbolchi faoliyatini yakunlaydi. 

Ma'lumot uchun, Pike 1997-2004 yillar davomida "Barselona" akademiyasida tarbiyalangan. Shundan so'ng "Manchester Yunayted"ga yo'l olgan. 2008 yilda "Barsa"ga qaytgan futbolchi shu kunga qadar klubda faoliyati olib bordi. 

Pike "Barselona"dagi faoliyati davomida 8 marta La Liga chempionligi, 7 karra Ispaniya kubogi, 6 marta mamlakat Superkubogi va uch martadan YCHL, Yevropa Superkubogi va klublar o'rtasidagi Jahon chempionati g'olibi bo'lgan. Futbolchi Ispaniya terma jamoasi bilan Yevropa va Jahon chempionligini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: twitter.com/3gerardpique