PFL Respublika maxsus komissiyasi talabi bilan Superliganing 4-turida golni nishonlagan jamoalarga qarshi chora ko'rishi mumkin

Alisher
16 iyun 2020, 18:56
Xabaringiz bor, O'zbekiston Superligasiga ham restart berildi va 4-tur o'yinlari yakunlandi.

Bu o'yinlarni Respublika maxsus komissiyasi o'tkazishga ruxsat bergandi va komissiya o'yinlar uchun ma'lum bir tartib-qoidalarni belgilagan edi. Jumladan, o'yin paytida maydonga tupurish va golni nishonlamaslik bo'yicha cheklovlar bor edi.

PFL aynan Respubliga maxsus komissiyasining talabi bilan O'zbekiston Superligasi 4-tur o'yinlarida ushbu cheklovlarni chetlab o'tgan klublarni tekshiradi va tartibni buzgan klublar aniqlansa, ularni jazolashi mumkin.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: championat.asia