Peti: “Arsenal”ning 75 foiz futbolchisi klub libosini kiyishga noloyiq”

Eldor Akmurzayev
24 iyun 2020, 19:40
“To'pchilar” sobiq a'zosi Emmanyuel Peti hujumchi Per-Emerik Obameyang va klubdagi holat haqida fikr bildirdi.

“Obameyangning o'rnida bo'lsam, “Arsenal”dan ketardim. Jamoada iqtidorli futbolchilar etarlicha, ammo ular klubga katta muvaffaqiyatlarga erishish uchun kelishgan. “Arsenal” ayni vaqt oldingidek emas. U o'rtamiyonaga aylanmoqda.

Klubni sevadigan insonlar va muxlislarga achinaman. “Arsenal” obro'sini saqlab qolishga harakat qilayotgan sobiq futbolchilarga ham achinaman. Ammo hozirgi futbolchilarga emas. Fikrimcha, ularning 75 foizi klub futbolkasini kiyishga loyiq emas”, deydi Peti.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif