"Persepolis" vakillari Ronalduga gilam sovg'a qildi

Omonjon To`xtamirzayev
18 sen 2023, 18:08
Krishtianu Ronaldu Eron klubidan sovg'a tariqasida gilam qabul qilib oldi.

"Al Nassr" hujumchisi ertaga bo'lib o'tadigan "Persepolis"ga qarshi Osiyo Chempionlar ligasi doirasidagi o'yinda ishtirok etish uchun Tehronga yetib keldi.

Aeroportda "Persepolis" vakillari Krishtianu Ronalduga gilam sovg'a qilishdi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq “Persepolis” prezidenti Rizo Darvish Ronaldu va "Al Nassr"ning boshqa futbolchilariga cheksiz internetga ega bo'lgan maxsus sim-kartalar berilishi mumkinligini aytgandi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia