OCHL-2019. "Paxtakor" "Ozodi"da durang o'ynadi

Narzulla Saydullayev
5 mar 2019, 21:54
OCHL 1-turidan o'rin olgan "Persepolis" - "Paxtakor" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


"Persepolis" - "Paxtakor" 1:1
5 mart 2019. Tehron. "Ozodi" stadioni. 20:00 (Toshkent vaqti)
Hakamlar:
Adnan Muhammad Tuma, Ahmad Moannes Nadi, Muhammad Mustafo Hassan (Iordaniya), Qosim Matar (Ummon).

Gollar: Marat Bikmaev 5, - 0:1. Mario Budimir 25, - 1:1.

"Persepolis": Beyranvand, Halilzoda, Hussayni, Resan (Rafeyi, 88), Nurollohi, To'robi, Kamyabinia, Shiri, Budimir (Nemati, 71), Nodiri, Alipur
Zaxira: Radoshevich, Rafeyi, Sharifi, Hemati, Muhammad Hussayni, Karimi.

"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Farrux Sayfiev, Egor Krimec, Sherzod A'zamov, Xojiakbar Alijonov, Sardor Sobirxo'jaev (Marko Simich, 85), Sadriddin Abdullaev, Dostonbek Hamdamov, Jaloliddin Masharipov (Javohir Sidiqov, 77), Dragan Cheran, Marat Bikmaev (Igor Sergeev, 60)
Zaxira: Botirali Ergashev, Jahongir Ahmadov, Jasur Yaxshiboev, Vladimir Kozak,

Ogohlantirishlar: Xojiakbar Alijonov 21, Farrux Sayfiev 22, Torabi 70, Jalol Hussayni 75. 




Ushbu sahifada o'yinning matnli translyatsiyasini kuzatib borish mumkin.


MATNLI TRANSLYATSIYA

YANGILASH




90+5. O'YIN TUGADI! "Paxtakor" Tehronda OCHL-2018 finalchisi bilan durangga erisha oldi! 

90+4. "Persepolis" deyarli butun jamoa bilan hujumga o'tmoqda, "Paxtakor" mardonavor tarzda himoyalanmoqda

90+2. Hamdamov qulay vaziyatga chiqib bordi, ammo u o'yindan tashqari holatga tushib qolgan ekan

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi

88. O'zgarish. "Persepolis". Resan o'rniga Rafeiy tushirildi

85. Ogohlantirish. "Paxtakor". Sobirxo'jaev o'rniga Simich tushirildi

82. "Paxtakor"ning tezkor qarshi hujumi! Alijonov katta tezlikda oldinga o'tdi, Sidiqovning zarbasi yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi

79. ZARBA! Hamdamovning chap oyoqda yo'llagan zarbasi darvozabon tomonidan ushlab olindi

77. O'zgarish. "Paxtakor". Masharipov o'rniga Sidiqov tushirildi

75. Ogohlantirish. "Persepolis". Jalol Hussayni

74. ZARBA! Burchak zarbasidan so'ng Krimec va A'zamovning urinishlariga aniqlik yetishmadi

71. O'zgarish. "Persepolis". Budimir o'rniga Nemati tushdi

70. Ogohlantirish. "Persepolis". Torabi

65. O'yin shiddatli tarzda davom etmoqda

60. O'zgarish. "Paxtakor". Bikmaev o'rniga Sergeev tushirildi

52. Mezbonlarning xavfli urishini Quvvatov qiyinchilik bila bartaraf etdi

50. "Paxtakor" vakillari burchak to'piga ega bo'lishdi. Ammo bu samara keltirmadi

46. Ikkinchi taym boshlandi



Uchrashuvdagi gollarni telegramdagi kanalimizda tomosha qilish mumkin. KANALGA O'TISH 



45+2. Birinchi taym tugadi. Hozircha 1:1.

45+1. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAA! Sadriddin Abdullaevning kuchli zarbasini Beyranvand qaytardi! 

45. Birinchi taymga 2 daqiqa qo'shildi

43. Jaloliddin Masharipov maydon markaziga yaqin joyda yiqitildi. Unga shifokorlar yordam berishdi, Jaloliddin maydonga qaytdi

41. "Ozodi" stadioniga kelgan minglab muxlislar qandaydir ovoz kuchaytirgichlar bilan "Persepolis"ni oldinga chorlashmoqda

36. "Paxtakor"ning qarshi hujumi, ammo Sobirxo'jaev o'yindan tashqari holatda

30. Hisob tenglashgach mezbonlar yanada yaxshiroq o'ynay boshlashdi. 



25. GOL! 1:1. Mario Budimir jarima maydoni ichidan kuchli zarba bilan hisobni tenglashtirdi. 

 



23. ZARBA! Marat Bikmaevning boshi bilan yo'llagan zarbasini Beyranvand ushlab oldi

22. Zarba jonli devorga tegib qaytdi. Xavf bartaraf etildi. "Paxtakor" qarshi hujumga o'tdi, ammo Sayfiev kutilmaganda sirg'anib ketdi

22. Ogohlantirish. "Paxtakor". Farrux Sayfiev

21. "Persepolis" juda qulay imkoniyatga ega bo'ldi. Jarima to'pi

21. Ogohlantirish. "Paxtakor". Xojiakbar Alijonov

17. Asta sekin "Persepolis" ham o'ziga kelmoqda va tashabbusni o'z qo'liga olishga urinmoqda. "Paxtakor" himoyalanmoqda

13. Dastlabki daqiqalarda "Paxtakor" hech nimadan qo'rqmay, erkin va chiroyli hujumkor o'yin namoyish etmoqda. Bu albatta bizni quvontiradi!

11. UXXXXX! ZARBAAAAA! Cheran Masharipov uzatib bergan to'pni boshi bilan darvozaga yo'lladi, Beyranvand qiyinchilik bilan qaytardi!

10. Sardor Sobirxo'jaevni raqiblar qo'pollik bilan to'xtatishdi. "Paxtakor" jarima to'piga ega bo'ldi.

8. UXXXX! Burchak to'pidan keyin Kamyabinia boshi bilan darvozaga yo'lladi, biroz noaniq!

8. ZARBAAAAAAAAAA! QUVVATOVdan ajoyib seyv! Sayfiev to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi! 

7. Mezbonlar tezda hujumga o'tishdi, "Paxtakor" himoyachilari to'pni qaytarishdi



5. Masharipov to'pni qanotdan jarima maydoniga uzatdi, Cheran boshi bilan darvozaga yo'lladi, darvoza ustuniga tekkan to'p Bikmaevga bordi, Marat bo'sh darvozani osongina ishg'ol qildi. Bu vaziyatda hakamlar o'yindan tashqari holatni aniqlashda xatoga yo'l qo'yishgandek ko'rindi. Bu endi hakamlarning muammosi. 


5. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! BIKMAEEEEEEEEEEEEEEV! 0:1

 


1.O'YIN BOSHLANDI!

- Ikkala jamoa "Ozodi" stadioni maydoniga tushib kelishmoqda.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi. 



O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia