Persepolis O'runov sabab O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi ustidan FIFAga shikoyat qildi

Khoja
23 okt 2024, 08:37
Eronning Persepolis klubi O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi ustidan FIFAga shikoyat qildi.

Shikoyatda qayd qilinishicha, futbolchi jarohat olgani uchun Eron klubi uni O'zbekiston yig'iniga borishiga ruxsat bermagan. Biroq Oston terma jamoa o'yinlarida qatnashish uchun Toshkentga kelgan va jarohatini og'irlashtirib olgan. Persepolis muhim o'yinlarda undan foydalana olmayapti.

O'zbekistonning oktyabr oyidagi yig'ini boshlanishidan biroz avval Oston O'runov Persepolisning Chadormalu jamoasiga qarshi uchrashuvning asosiy tarkibidan joy olgan edi. Ammo o'yinoldi mashg'ulotlarda jarohat olgan o'zbekistonlik hujumchi o'z o'rnini boshqa futbolchiga bo'shatib bergan. Eron jurnalistlari uning 3-4 haftaga safdan chiqqanini ma'lum qilgandi.

Keyinchalik futbolchi Eron va BAAga qarshi uchrashuvlarda qatnashish uchun Toshkentga keldi.

10 oktyabr kuni Eronga qarshi o'tkazilgan O'zbekiston termasining o'yinida Oston O'runov 71-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi.

15 oktyabr kuni o'tkazilgan O'zbekiston - BAA uchrashuvida O'runov jarohat sabab qatnashmasligi ma'lum qilindi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: bombardir.ru