

"Real Madrid" klubi prezidenti Florentino Peres Superligani tashkil qilishda duch kelayotgan qiyinchiliklari va muxlislarning noroziligi vaqtinchalik ekanligini ta'kidladi.
"1955 yilda ham Yevropa chempionlar kubogi tashkil qilinayotganda ham shunday norozilik bo'lgandi. Siz futbol da o'zingizda bor barcha resurs va qadr-qimmatingizni ishga solishingiz kerak. Yevropa Ittifoqining principlari ham bor - birdamlik, raqobat va halol o'yin. Biz tartib o'rnatishimiz lozim. Men bu uchun kurashishda davom etaman", -deydi Florentino Peres.
Eslatib o'tamiz, Superliga loyihasini yoqlab dastlab 15 klub ovoz bergandi. Hozirga kelib esa, faqatgina uchta klub "Real", "Barselona" va "Yuventus" ushbu musobaqani qo'llab-quvvatlamoqda.



