Peres: "Menda Ronaldu bilan muammo bo'lmagan. Hatto pul borasida ham"

Alisher
28 may 2019, 18:45
"Real" prezidenti Florentino Peres o'tgan yili Krishtianu Ronalduning "Yuventus"ga ketganligi haqida fikr bildirdi.

"O'ylaymanki u yangi chaqiruvlarga muhtoj ekanligini tushundi. U Chempionlar Ligasini yutgandan so'ng ketishini e'lon qildi. Ammo u bir muncha vaqt bu haqda o'ylab yurgan. U bilan 9 yil mobaynida hech qanday muammolarga duch kelmaganman. Men shartnoma imzolagan futbolchilar orasidagi eng yaxshisi aynan u deb o'ylayman.

Men u bilan doim yaxshi munosabatda bo'ldim. Pul bilan bog'liq hech qanday muammo bo'lmagan. Uning soliq qarzlarini ham hech qachon muhokama qilmaganmiz", - deydi Peres.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Marca