

Bu haqda "Cadena SER" radiosi xabar bermoqda.
Manbaning takidlashicha, Peres futbolchilardan ishga bo'lgan munosabatni zudlik bilan o'zgartirishni so'ragan. Bunday suhbat o'tkazilgan o'yinchilar orasida Jud Bellingem ham bor.
"Men murabbiylar darajasidan ham yuqoriroq o'zgarishlarni ko'ryapman. Prezident bir necha futbolchilar bilan gaplashganini aniq bilaman. Masalan, Bellingem bilan. Lekin gap faqat ingliz haqida ketmayapti. Mastantuono mavsum boshidagidan boshqacha ko'rinyapti, Arda Gyuler nihoyat vada qilingan darajada o'ynashni boshladi. Ochiqchasiga etiroz bildirgan Valverde va Kamavinga esa endi qanot himoyasida hech qanday shikoyatsiz harakat qilishmoqda.
Shunday ekan, jamoadagi ijobiy o'zgarishlarni "Arbeloa effekti" emas, balki "Florentino effekti" deb atash to'g'riroq bo'ladi", - deydi "Cadena SER" sport bo'limi rahbari Fransisko Xose Delgado.
Eslatib o'tamiz, Xabi Alonsoning ketishidan so'ng Madrid klubi boshqaruviga vaqtinchalik Alvaro Arbeloa kelgan edi.



