Pepe: "Di Mariyaga minnatdorchilik bildiramiz, ammo Xames va Kroos o'zini yaxshi ko'rsatishmoqda"

Tolibjon Qosimov
26 avg 2014, 15:48
Madridning "Real" klubi himoyachisi, Di Mariyaning "Manchester Yunayted"ga transferi haqida fikr bildirdi.
Uning so'zlariga ko'ra, "Qirollik klubi" argentinalik futbolchisiz ham etarli darajada kuchli ekan.

"Di Mariya "Real"ga ko'p narsa berdi va bu uchun unga minnatdorchilik bildiraman. Ammo jamoa safini to'ldirgan yangi futbolchilar o'zini yaxshi ko'rsatishmoqda. Ular klubga bor kuchini berishadi. Xames Rodriges o'z vazifalarini juda yaxshi bajarayapti. Toni Kroos haqida ham shuni aytish mumkin. Keylor Navasga keladigan bo'lsak, u o'zini imkoniyatini kutib, jon-jahti bilan mehnat qilmoqda" - deydi Pepe.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.com