

"Shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola o'yidan keyin kiyinish xonasida uzoq vaqt qolib ketdi. U futbolchilar bilan 50 daqiqa mobaynida birga bo'lgan va o'yindan keyingi intervyularga bormagan.
BBC xabariga ko'ra, "Tottenxem" ustozi Joze Mourinyu va Gvardiolaning intervyusi orasidagi pauza g'ayrioddiy ravishda juda cho'zilib ketgan.



