Pep Saloh haqida: “Yurgen eng zo'rlari “Liverpul”da yig'ilganini aytgandi”

Eldor Akmurzayev
30 apr 2022, 08:15
“Liverpul” forvardi Muhammad Saloh Angliya jurnalistlari assotsiatsiyasi tomonidan APLda 2021/22 yilgi mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

U so'rovnomada 48 foiz ovoz yig'ib, “Man Siti” yetakchisi Kevin de Bryuyne va “Vest Xem” a'zosi Deklan Raysni ortda qoldirdi. “Shaharliklar” ustozi Pep Gvardiolaga shu haqda savol berildi.

- Salohni tabriklayman.

Yurgen Klopp “Liverpul”da eng yaxshi darvozabon, eng yaxshi zaxira posboni, eng yaxshi markaziy himoyachi, eng yaxshi tayanch yarim himoyachisi, eng yaxshi forvard borligini aytgandi. Shu sababdan, ular barcha mukofotlarni qo'lga kiritayotgan normal holatdir.

- Kevin de Bryuyne sovringa ega chiqa olmaganidan hafsalasi pir bo'ldimi?

- U bunga oldinroq erishib bo'lgan, deya javob qilgan Gvardiola.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Liverpool Echo