Pele: “Neymarga Messi va Ronalduning tajribasi yetishmaydi”

5 noya 2013, 10:43
Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Pele, “Barselona” hujumchisi Neymarning o'yiniga baho berdi.

“Neymar Barselonaning sevimli futbolchisiga aylana oladimi yoki yo'qmi buni aniq aytolmayman, biroq bir necha oy davomida ushbu klubda mashg'ulot olib boragani, unga Jahon chempionati-2014 o'yinlarida as qotadi.

Men buni oldin ham aytganman, Neymar – zamonaviy futbolning yorqin o'yinchilaridan biri, lekin unga Messi va Ronalduning tajribasi yetishmaydi.

“Oltin to'p”? Messi va Ronalduda besh yillik tajriba bor. Ushbu sovrinni ularning ikkalasidan biriga berish kerak. Neymar esa ulardan o'rnak olib o'z tajribasini oshirishi zarur”, - deydi Pele.


Manba: sports.ru