Pedroning "Manchester Yunayted"ga o'tishi borasidagi transfer ishi deyarli yakunlandi

Aslanov Jasurbek
18 avg 2015, 18:14
"Barselona" hujumchisi Pedro Rodrigesning "Manchester Yunayted"ga o'tishi borasidagi transfer ishi yakun topishga yaqin turibdi.

Oldinroq mankunianlar ijrochi direktori Ed Vudvord transferni yakunlash uchun Barselonaga uchib ketishi xabar qilingan edi.

Ma'lumotlarga ko'ra, klub va futbolchi shaxsiy kelishuvga erishgan. Pedro klublarning o'zaro hamkorligini kutyapti. "Barselona" futbolchini 30 mln. evro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com