Pedro: "Mourinyo borasidagi fikrim o'zgardi, futbolchilar - uning oila a'zolari"
Aslanov Jasurbek
3 sen 2015, 14:47
"Barselona" sobiq hujumchisi, hozirda "Chelsi" sharafini himoya qilayotgan Pedro Rodriges jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyo haqida fikr bildirdi.
"Mourinyo bilan yuzma-yuz suhbatlashsang, u o'zgaradi. U haqda fikrim o'zgardi, u futbolchilarga o'z oila a'zosidek munosabatda bo'ladi. Joze ularni hurmat qiladi va futbolchilardan ko'p narsa talab qiladi" - deydi Pedro.