Pedri Ispaniya terma jamoasi chempion bo'lsa, sochini kalga oldirishga vada berdi

Alisher
5 iyul 2021, 08:17
Ispaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Pedri Yevropa chempionati yarim finali doirasidagi Italiyaga qarshi o'yindan oldin o'z fikrlarini bildirdi.

"Men biroz charchadim, ammo 18 yoshimda bundan ham ko'proq ishlarga kuchim bor. Barcha jamoa yaxshi va ajoyib o'yin bo'ladi.

"Barselona" va Ispaniya terma jamoasi libosini kiyish imkoniyatiga ega bo'lish - orzu. Bo'lajak yarim finaldan zavqlanishga umid qilaman. Agar biz Yevropa chempioni bo'lsak, sochimni oldirib tashlayman", - deydi Pedri.

Eslatib o'tamiz, Italiya - Ispaniya o'yini 6 iyul kuni Londonda bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport.es