Paye ham Xitoyda o'ynashi mumkin

Mirjalol Normatov
9 yanv 2019, 15:20
"Marsel"ning hujumkor yarim himoyachisi Dimitri Paye faoliyatini Xitoy Superligasida davom ettirishi mumkin.

"France Football" xabariga ko'ra, fransiyalik futbolchi "Dalyan Ifan" jamoasining qiziqishlari doirasiga tushib qolgan. Transfer narxi 25-30 million evroni tashkil qilishi mumkin.

Bu mavsumda 31 yoshli futbolchi Liga 1ning 17 uchrashuvida qatnashib, 4 gol urdi va 5 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: France Football