"Paxtakor"ning uch yosh toifasida jamoasi shahar chempioni bo'ldi

Narzulla Saydullayev
1 dek 2017, 15:04
Futbol maktablari o'rtasida Toshkent shahar chempionatida g'olib va sovrindorlar nomi ma'lum bo'ldi.

To'rt yosh toifadan uchtasida tarbiyalanuvchilarimiz shahar chempioni degan nomni qo'lga kiritishdi. Ular bilan tanishing:

1. 2004 yil jamoasi, murabbiyi Olim Shokirov.
2. 2003 yil jamoasi, murabbiyi Rahmatilla Muhammadrahimov.
3. 2001 yil jamoasi, murabbiyi Sergey Tokov.


2002 yilda tavallud topgan yosh futbolchilarimiz kumush medallarga ega chiqishdi. Bu jamoani dastlab Dilshod Nuraliev, keyin esa Baxtiyor Dadamatov boshqarganini ta'kidlab o'tamiz.

"Paxtakor" futbol klubi akademiya tarbiyalanuvchilariga katta ishonch bildiradi va ularning muvaffaqiyati bilan faxrlanadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz