"Paxtakor" Yaxshiboevning transfer huquqini necha pulga sotadi?

19 iyul 2020, 18:43
Belarus matbuotida bugun Yaxshiboevning transfer huquqini futbolchining agentlari "Paxtakor"dan sotib olgani ma'lum qilindi.

Bu haqda By.Tribuna.com nashri xabar qildi.

Saytimizga ma'lum bo'lishicha, Yaxshiboevning transferini 600 ming evroga sotib olish huquqi bilan "Shaxtyor" Soligorsk ijarada o'ynatmoqda.

Endilikda Yaxshiboevning transfer huquqi "Paxtakor"dan futbolchining agentlariga o'tgan. Agarda klub Yaxshiboevning transfer huquqini to'liq sotib olishni istasa, unda "Paxtakor" g'aznasi 600 ming evroga boyiydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia