"Paxtakor" sobiq sardori "sherlar" o'yinini ko'rish uchun Toshkentga tashrif buyurdi

Aslanov Jasurbek
27 okt 2019, 13:44
26 oktyabr kuni O'zbekiston Kubogi final uchrashuvida "Paxtakor" AGMKni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi va kubokni qo'lga kiritdi.

Ushbu uchrashuvni tomosha qilish uchun "sherlar" sobiq sardori Boyan Miladinovich Toshkentga tashrif buyurdi. 2009-2015 yillar davomida "Paxtakor" sharafini himoya qilgan Miladinovich final o'yinini "Lokomotiv" stadionida kuzatdi.




Ma'lumot uchun: Boyan Miladinovich "Paxtakor" safida 3 marta O'zbekiston chempionati va 2 bora mamlakat Kubogida zafar quchgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia