"Paxtakor" o'z futbolchisi "Qo'qon-1912"ga ijaraga berilganini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
22 fev 2021, 16:03
Yarim himoyachi Asadbek Sobirjonov 2021 yil oxirigacha "Qo'qon-1912" jamoasiga ijaraga berildi.

"Paxtakor" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchisi sanalgan Sobirjonov ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish maqsadida "Qo'qon-1912" jamoasiga ijaraga berildi. Umid qilamizki, uning ushbu jamoadagi faoliyati omadli bo'ladi va Asad kelajakda "Paxtakor"ning g'alabalariga o'zining munosib ulushini qo'shadi", - deb yozadi "Paxtakor" matbuot xizmati.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pakhtakor.uz