

Hududiy akademiyalardan Andijon va Toshkent ham bosh sovrin uchun kurash olib boradi. "Kelajak Yulduzlari co" tomonidan "Paxtakor", Odil Ahmedov va Toshkent futbol akademiyalari hamkorligida o'tkazilinayotgan musobaqa, bolalarning kuzgi tatilida, TFA va "Paxtakor" akademiyasi maydonlarida bo'lib o'tadi.
20ta jamoa 5tadan guruhga bo'lingan holda, 1-6 noyabr kunlari musobaqada bahs olib boradilar.
Jamoalarning kuchidan kelib chiqib savatchalarga ajratilgan bo'lib, maqsad bitta guruhda turnirning eng kuchli klublari jam bo'lib qolmaslikni oldini olish.
1. CRF (Belarus, Brest)
2. Qayrat FA (Olmata)
3. Qayrat filial (Olmata)
4. O.Ahmedov FA (Toshkent)
5. O.Ahmedov FA-2 (Toshkent)
6. Paxtakor (Toshkent)
7. TFA (Toshkent)
8. Nasaf (Qarshi)
9. Bunyodkor (Toshkent)
10. BO'SM-16 (Toshkent)
11. Do'stlik (Toshkent)
12. Andijon FA (Andijon)
13. Ahmadxon (Qo'qon)
14. Qayrat B (Olmata)
15. Jaskiran (Olmata)
16. Jeyran (Olmata)
17. OZSK (Qaraganda)
18. Chig'atoy (Toshkent)
19. Dordoy (Bishkek)
20. Kaganat (O'sh)




