"Paxtakor" "Neftchi"ni safarda oxirgi marotaba qachon yutganini bilasizmi?

Iskandarov Abdulaziz
12 avg 2022, 12:05
Bugun Coca Cola Superliganing 15-turidan o'rin olgan markaziy uchrashuv bo'lib o'tadi.


Yaypanda "Neftchi" "Paxtakor"ni qabul qiladi. 



"Paxtakor" "Neftchi"ni Superliga doirasida oxirgi marotaba 8 yil avval safarda mag'lub etgan. Keyingi 4ta uchrashuvning 2tasida farg'onaliklar g'alaba qozongan bo'lsa, 2ta bahsda durang qayd etilgan. 

30.09.2015. "Neftchi" - "Paxtakor" 3:2

15.10.2016. "Neftchi" - "Paxtakor" 1:0

08.03.2017. "Neftchi" - "Paxtakor" 0:0

12.06.2018.  "Neftchi" - "Paxtakor" 1:1

Umumiy olganda ham Farg'onada kechgan o'yinlarda "Neftchi" ustun. 26 uchrashuv, 14ta g'alaba, 7 durang va 5 mag'lubiyat. Bugungi o'yin garchi Yaypanda bo'lsada, mezbon "Neftchi" jamoasi.

 

Ushbu tarkibdan oradan ancha vaqt o'tganini bilish qiyin emas.


2014 yil.

"Neftchi" - "Paxtakor" 1:2

Gollar: Jahongir Jiyamurodov, Vladimir Kozak, Stanislav Andreev

"Neftchi": Sardor Qobuljonov, Aleksandr Kleckov, Dilyorbek Irmatov, Jahongir Mehmonov, Muhsin Nizomiddinov, Iqbol Boboxonov, Levani Gvazava, Igor Petkovich, Aleksandru Onika, Pavel Smolyachenko, Zohid Abdullaev

"Paxtakor": Aleksandr Lobanov, Boyan Miladinovich, Egor Krimec, Davron Hoshimov, Stanislav Andreev, Kaxi Maxaradze, Akbar Ismatullaev, Vladimir Kozak, Aleksandr Merzlyakov, Jamshid Iskanderov, Igor Sergeev

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia