"Paxtakor" muxlislar klubi Navoiyga borishadi

Narzulla Saydullayev
17 iyul 2018, 10:41
18 iyul chorshanba kuni "Paxtakor" jamoasi Navoiy shahrida "Qizilqum" jamoasi bilan O'zbekiston Superligasining navbatdagi turida o'zaro o'ynashadi.

Shu munosabati bilan "Paxtakor" muxlislar klubi Navoiy shahriga bor jamoani fan-klub bilan birga qo'llab-quvvatlashga chorlaymiz.

"Paxtakor" klubi rahbariyati tarafidan muxlislar uchun qulay sharoit yaratiladi va muxlislar uchun borib kelish xarajati klub tamonidan ko'tariladi.

Navoiy shahriga borib "Paxtakor" jamoani qo'llab-quvvatlashni xohlovchilar diqqatiga.

18 iyul chorshanba soat 07:00dan soat 08:00 gacha "Paxtakor" stadionining Islom Karimov oldingi (O'zbekiston) ko'chasidan kirish tarafida joylashgan "PAKHTAKOR FOOD" oldida yig'ilish bo'ladi. Avtobusda soat 08:00da Navoiy shahriga jo'nab ketiladi.

Navoiy shahriga borishni xohlovchi muxlislar quyidagi telefon raqamiga qo'ng'iroq qilib ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Murojat uchun tel: +99894 683 06 01

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: "Пахтакор" мухлислар клуби