"Paxtakor" ikki futbolchisi bilan shartnomani uzaytirdi

Alisher
24 iyul 2019, 17:17
"Paxtakor" o'z tarbiyalanuvchilari sanalgan ikki futbolchi bilan shartnomalarni uzaytirdi.

Vladimir Kozak bilan 2021 yil oxirigacha, Doston Ibragimov bilan esa 2022 yilning yozigacha shartnomalar tuzildi. Har ikki o'yinchi "Paxtakor" futbol akademiyasi tarbiyalanuvchilari bo'lib, klub tizimida uzoq yo'lni bosib o'tishgan. 

Ular bilan kelishuvga erishildi va futbolchilar yuqoridagi muddatgacha "Paxtakor"ga bog'liq holda qolishadi.



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: pakhtakor.uz